Afsonaviy Pol Makkartni 75 yoshni qarshiladi

Jamiyat 14:16 / 18.06.2017 6040

Britaniyalik bastakor, qo‘shiqchi, multiinstrumentalchi, sobiq bitlchi va dunyoning eng badavlat musiqachisi Pol Makkartni o‘z yubileyini nishonlamoqda - u bugun 75 yoshni qarshiladi. TASS shu haqdagi maqolasini taqdim etdi. 

Bu qutlug‘ sana munosabati bilan Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ser Polni Faxriy kavaler ordeni bilan mukofotlashga qaror qildi. Bu nufuzli mukofotga sayyoramizda yashovchi 65 kishigina muvaffaq bo‘lgan. 

Makkartni Britaniyaning afsonaviy rok guruhi mashhur The Beatles'ning asoschilaridan biri hisoblanadi. Musiqachi bir necha bor "Gremmi" mukofoti sovrindori bo‘lgan, shuningdek u Britaniya imperiyasi ordeni kavaleri hisoblanadi. 

2011 yilda Rolling Stone jurnali so‘rovnomasiga ko‘ra, Pol Makkartni barcha davrlarning eng yaxshi bas-gitarachilaridan biri degan nom bilan e'tirof etildi. Sobiq bitlchi bir necha marotaba Ginnesning Rekordlar kitobidan o‘rin olgan - "eng muvaffaqiyatli ijod qilgan musiqachi" va "yangi tarix bastakori" kabilar shular jumlasidandir. 

Pol Makkartni oilali, olti farzand - Stella, Jyeyms Luis, Beatris Milli, Meri va Xezer Makkartnilarning otasi. 

Ko‘proq yangiliklar: