11 yillik ta'lim tizimi nega faqat poytaxtda sinovdan o‘tkazilmoqda?

O‘zbekiston 12:51 / 18.06.2017 56235

17 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Toshkent shahridagi har bir tumandan 4tadan maktabda tajriba tariqasida 10-11-sinflar qayta joriy etilishi haqida chiqish qilganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilikda 11 yillik maktab ta'limi nega faqat poytaxt Toshkent shahrida sinovdan o‘tkazilyapti, degan savollar tug‘ilmoqda.

Yozuvchi va pedagog Bahriddin Asror o‘zining «Feysbuk»dagi sahifasida bu sabablarning ayrimlarini sanab o‘tgan:

- Har qanday islohot tagida katta mehnat turibdi, ya'ni ta'lim tizimidagi bu o‘zgarish vaqti kelib boshqa hududlarda ham amalga oshirilishi aniq, faqat amaliy ishlarga ketadigan mehnat hajmi va vaqt monitoring qilinadi. 

1. Davlat ta'lim standarti o‘zgaradi, u qayta ishlab chiqiladi.

2. Binolarning quvvati yangi kontingentga moslanadi, ya'ni bino topish va joylashtirish;

3. Kollejlarda tarmoq ta'lim standarti ham o‘zgaradi;

4. 10-11 sinflar uchun darsliklar va o‘quv adabiyotlarini yozish va nashr qilish;

5. Kadrlar masalasi va hokazolar...

Buni bir mamlakat xududida birvarakayiga amalga oshirish qiyin. Bir hududda qilinadigan va qilingan ishlardan kelib chiqib mamlakat bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanadi va muddatlar belgilanadi. 

Bu yil Toshkent shahridagi maktablar va kollejlarda ma'lum bir kontinigent ta'tilsiz ishlaydi. Yaxshi tomoni — shu ish jarayonida sodir bo‘ladigan, ya'ni Toshkentda yo‘l qo‘yilgan xatolar viloyatlarda takrorlanmaydi, viloyat maorif tizimidagilar kelib tajriba almashishadi.

 

Ko‘proq yangiliklar: