Konvertatsiya ochilsa, kurs qanday bo‘ladi? 

Iqtisodiyot 15:03 / 17.06.2017 187844

Markaziy bank rahbariyatining deyarli butunlay yangilanishi va tez orada valyutaning erkinlashtirilishi borasidagi umidlar konvertatsiya qanday ssenariy asosida “ochilishi” va bizni boshida dollarning qanday kursi kutib turgani haqida o‘ylashga majbur qiladi. Bu savollarga mustaqil moliyaviy ekspert Aleksandr Davletov Uz24.uz saytida javob berishga harakat qilgan.

Hozirda prezidentga juda yuqori ishonch reytingi bor, jamiyat istalgan o‘zgarishlarni qabul qiladi, sababi islohotlarni istaydi. Plyus Markaziy bank yangi rahbariyatida harakatlarning to‘liq erkinligi bor, ya'ni, u hech qanday shartlilik, kelishuvlar va avvalgi rahbariyat majburiyatlari bilan cheklanmagan. Erkin konvertatsiyaga o‘tishning qanday aniq ssenariysi tanlanadi, aytish mushkul – bu hukumat tomonidan qo‘yilgan vazifalar va o‘tish davri vaqtida harakatlardagi ustuvor jihatlarga bog‘liq.
  
Men erkin suzib yuruvchi kurs tarafdori sifatida, boshlanishida “shok terapiyasi” fikridaman. Ustuvor vazifalarga esa oltin-valyuta zaxiralari va ijobiy savdo balansini saqlab qolish aylanishi kerak, ya'ni kursni ushlab turishga bir sent ham sarflash kerak emas. Erkin tushish jarayoniga, so‘m eng tubi yoki qarama-qarshi nuqtaga yetmagunicha aralashish kerak emas, u real ijobiy savdo balansini ta'minlab beradi. Albatta, bunday ssenariyda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar jabr ko‘radi: YaIM o‘sishi sekinlashadi yoki hattoki to‘xtaydi, inflyatsiya va ishsizlik darajasi ikki sonli raqamga yetadi. Biroq iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish va ortiqcha narsalardan tozalash uchun u bundan o‘tishi kerak.

Boshlanishida dollar kursi qanday bo‘ladi? Hozirda aslida kursning 5 turidan, ular qanday va qayerda tashkil etilishiga qarab foydalanilmoqda – MB rasmiy kursi, valyuta birja kursi, tijorat banklari tijorat kursi, naqd dollar kursi (“qora bozor”) va komissiyalar shartnomalari bo‘yicha, deb ataluvchi kurs (birja kursi). So‘mning erkin suzib yurishi holatida maksimal ko‘rsatkichlardan, ularga chayqovchilik va ehtimoliy intervensiya omilini olib tashlash uchun yana 10-15 foiz qo‘shib bergan holda kelib chiqish kerak. Shu tariqa, erkin boshlang‘ich kurs bir dollar uchun 10 500 so‘mdan, bozor ishtirokchilari uchun hech qanday cheklovlarsiz “ochilishi” kerak. Bunday ssenariyda valyuta bozori xotirjam holatga keladi, sarmoyadorlarning unga ishonchi paydo bo‘ladi, keyingi o‘zgarishlar uchun yangi poydevor tashkil etiladi.

2017 yilning oxiriga kelib so‘m kursi asta-sekinlik bilan mustahkamlanadi, ehtimol, u bir dollar uchun 7,500-8 000 so‘m darajasida bo‘ladi. Shu bilan birga, yoddan chiqarish kerak emaski, valyuta bozoridagi eng asosiy va mas'uliyatli o‘yinchi, albatta, davlatdir. Biz, ekspertlar, ssenariylarni taxmin qilgan holda, obro‘ni yo‘qotish tahdididan boshqa yo‘qotishlarga uchramaymiz. Bu yerda esa katta xatar bor, shuning uchun ishonchim komilki, hukumat va Markaziy bank eng optimal va ham jamiyat, ham biznesni qanoatlantiruvchi yaxshi o‘ylangan uslubni tanlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: