Farg‘onada “Spark” o‘g‘risi IIB xodimlaridan qochmoqchi bo‘ldi (foto)

Jamiyat 20:33 / 17.06.2017 38759

2017 yilning 11 iyun sanasi. Farg‘ona shahrining Oqariq ko‘chasi, 130a-uydan tonggi 2-3lar chamasida davlat raqami 40 D 271 MA bo‘lgan “Spark” avtomobili o‘g‘irlandi.

Shu kuni soat 7:30 da Farg‘ona shahar IIBga 1944 yilda tug‘ilgan Rahmatjon Boboxonov qo‘ng‘iroq qilib, Jasur Rahmonovga tegishli bo‘lgan avtomobil noma'lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlangani aytilgan.

Farg‘ona shahar IIB xodimlari tomonidan shu kuni “To‘sib ushlash” tadbiri e'lon qilindi hamda “Spark” avtomobillari birma-bir tekshiruvdan o‘tkazildi.

Olib borilgan qidiruv-surishtiruv ishlari natijasida Farg‘ona shahar, Oqariq ko‘chasi, 155-uyda istiqomat qiluvchi, 1975 yilda tug‘ilgan Adham Abdujalilov avtomobilni o‘g‘irlab chiqib ketgani aniqlandi hamda IIB hodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Muqaddam sudlangan Adham Abdujalilov avtomobilni mast holda haydagani oqibatida davlat raqami 40 D 271 MA bo‘lgan “Spark”ni IIB xodimlaridan qochayotgan vaqtida daraxtga urib oladi. Oqibatda avtomashinaning yon qanotlari hamda chiroqlari singan.

Ayni vaqtda fuqaro Adham Abdujalilovga nisbatan tergov ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: