16 iyunda Amazon kompaniyasi Whole Foods Market sog‘lom ovqatlanish do‘konlari tarmog‘ini kompaniya qarzlarini qo‘shib hisoblaganda 13,7 mlrd dollarga xarid qilishi ma'lum bo‘ldi. AQShda Whole Foods tarmog‘iga 431 do‘kon kiradi. Bitimni 2017 yil ikkinchi yarmida yakunlash rejalashtirilmoqda.
20 yil ichida yirik elektron savdo tijoratini yo‘lga qo‘ya olgan Amazon ajoyib ishga qo‘l urmoqda. Kompaniya oddiy do‘konlar ochishga qaror qildi. Shu bilan Amazon 3 xil usuldagi offlayn-savdo shakli bilan tajribalar o‘tkazmoqda. Bular supermarketlar, mahsulotlarni xaridorning o‘zi olib ketuvchi va kitob do‘konlaridir. Ularning barchasi umumiy jihatga ega. Amazon do‘konlari, sayyoradagi barcha do‘konlardan farqli ravishda naqd pullarni qabul qilmaydi.
Bu qoida, ayniqsa, Siettl shahridagi Amazon Go supermarketida yuksak darajada yo‘lga qo‘yilgan. Uning birgina farqi, u hozircha, Amazon xodimlariga xizmat ko‘rsatadi. Unda kameralar va muqobil transport vositalariga o‘xshash qurilmalar tarmog‘iga ega bo‘lib, u mijozlardan do‘konda olayotgan mahsulotlari uchun avtomatik tarzda pul oladi. Unda kassirlar yo‘q bo‘lib, mijozlar shunchaki maxsus ilovani ishga tushirishadi, chiqaverishda turniketdan o‘tar ekan, to‘lov amalga oshadi. Hozircha, Amazon yangi tizim bilan ayrim texnik qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ammo, bu texnologiya samarali bo‘lsa, chakana savdo qoidalarii butunlay o‘zgarib ketishi mumkin.
AmazonBooks tarmog‘iga 7ta do‘kon kirib, unda ham naqd pullar qabul qilinmaydi. Unda bank kartochkasi yoki Amazon ilovasi yordamida to‘lash mumkin. Amazon — faqatgina chakana savdo kompaniyasi emas, balki texnologik kompaniya bo‘lgani bois, uning offlayn do‘konlarida naqdiz to‘lov amalga oshirilishi ajablanarli emas. Chakana savdo bilan tajribalar kompaniyaning texnologiyalar rivojini taxmin qilishga urinishini aks ettiradi. Boshqa yirik texnologik kompaniyalar ham naqd pullar borasida shunday yondashuvda.
Apple bosh direktori Tim Kuk: «Biz naqd pullarning muomaladan chiqishida katalizator bo‘lishni xohlar edik. Bizning fikrimizcha, iste'molchiga naqd pul unchalik ham yoqavermayi, deb hisoblaymiz» degan edi. Uning kompaniyasi 2014 yilda Apple Pay ilovasini taqdim etdi. Garchi Apple ushbu texnologiyani o‘z daromadining asosiy manbasiga aylantira olmagan bo‘lsa-da, kompaniya Apple Pay ilovasining to‘lov tizimini butunlay o‘zgartirishiga hamon ishonmoqda. Alphabet ham ayni maqsadda Google Wallet va Android Pay ilovalarini ishlab chiqdi.
Amazon ixtiyorida, o‘z navbatida, 2007 yilda ishga tushirilgan va to‘lovlarni onlayn qayta ishlovchi Amazon Pay ilovasi bor. U foydalanuvchilarga Amazon.com saytida saqlanuvchi ma'lumotlardan foydalangan holda boshqa saytlarda xaridlarni amalga oshirishga imkon beradi.
Banknotalar va kartalar
AmazonBooks do‘konlarida ham boshqa chakana savdo do‘konlari kabi naqd pullarni qabul qilish bilan bog‘liq xarajatlar bor. Pul mablag‘lari hisoblanishi kerak, ularning aylanmasi nazoratda bo‘lishi, ularni saqlash hamda bankka yuborish talab etiladi. Bularning barchasi vaqt talab etadi. Qolaversa, naqd pullarni o‘g‘irlash ham oson. Naqd pullardan voz kechish va faqat bank kartochkalarini qabul qilish biznes yuritishning bu muammolariga barham beradi.
Shu bilan birga kredit kartalari bilan o‘z muammolari bor. Dunyoning yirik chakana savdo kompaniyasi WalMart kredit kartochkalari bilan to‘lovlar uchun komission to‘lovlar bilan jiddiy kurashib, kredit kartalarining to‘lovlardagi yirik emitentlarini zaiflashtirish imkonini beruvchi qator usullarga ega bo‘ldi. Xususan, WalMart Visa kompaniyasiga qarshi 5 mlrd dollarlik monopoliyaga qarshi ariza bilan murojaat qildi va CurrentC nomli o‘z to‘lov tarmog‘ini ishga tushirish uchun chakana savdo qiluvchilar konsorsiumini tashkil etdi. U o‘tgan yili ishga tushirilganiga qaramay, muvaffaqiyatsiz deb topildi hamda CurrentC JPMorgan Chase bankiga sotildi. U bu texnologiyani Chase Pay tizimida qo‘llamoqchi.
Amazon o‘zining offlayn do‘konlari bo‘yicha strategiyasini ma'lum qilmagan bo‘lsa-da, raqamli to‘lovlar orqali 100 mlrd dollardan ortiq savdo qiladigan kompaniya uchun naqd pullar unchalik ham zarur emasligini aniq. Biroq, Amazon Go kompaniya uchun haqiqiy sinov bo‘lishi shubhasiz. Agar texnologiyalar ish bersa, u yirikroq mahsulotlar do‘konlarida qo‘llanilishi mumkin. O‘shanda, Amazon oziq-ovqat segmentida ishlashning barcha ustunliklariga ega bo‘ladi.