O‘zbekistonda neft va gaz sohasiga 18 mlrd dollar investitsiya ajratiladi

Iqtisodiyot 15:26 / 15.06.2017 11796

14 iyun kuni Xalqaro Press-klubda “O‘zbekneftgaz: yangi davrga yangi strategiya bilan” mavzusidagi navbatdagi sessiya bo‘lib o‘tdi. Sessiya davomida O‘zbekistondagi neft va gaz sohasidagi mavjud vaziyat hamda sohaning istiqbollari, shuningdek yangi loyihalar muhokama qilindi.

Cessiyada “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruv raisi, soha vakillari hamda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy kompaniyalar rahbarlari, soha ekspertlari, xalqaro va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok  etdi. 

2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy qayta tiklash, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni taminlashga doir chora-tadbirlar dasturi doirasida 18 milliard dollardan ziyod investitsiya hisobiga 54 ta loyiha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda Xalqaro press-klubning navbatdagi anjumanida ishtirok etgan "Kun.uz" muxbiri xabar berdi.

“Turkmaniston-O‘zbekiston-Qozog‘iston-Xitoy” transmilliy loyihasi doirasida quriladigan gaz o‘tgazgich tizimi tabiiy gaz eksporti uchun keng yo‘l ochadi. Bunda O‘zbekiston gaz o‘tkazgichining uzunligi 529,7 km.ni,  yillik o‘tkazish quvvati esa 50 mlrd kubometrni tashkil etadi. 

Bugungi kunda Sho‘rtan va Ustyurt gaz-kiyo majmualari yiliga 500 ming tonna polietilen va 83 ming tonna polipropilen ishlab chiqarilmoqda.

Buxoro neftni qayta ishlash zavodining ishga tushirilishi bilan O‘zbekistonda yuqori sifatli AI-91 va AI-95 turdagi avtobenzin, aviatsiya kerosini, ekologik toza dizel yoqilg‘isi hamda boshqa turdagi xomashyo mahsulotlarini ishlab chiqarish keskin oshdi. Bundan tashqari zamonaviy avialaynerlar uchun ishlatiladigan Djet-A-1 avia yoqilg‘isini ishlab chiqarish ham o‘zlashtirildi.

“O‘zbekneftgaz” MXK vakillarining so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda suyuq uglevodorodlarni qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish ishlari davom etmoqda. 

Ma'lumot o‘rnida: 2017 yilning aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi davomida “O‘zbekiston mustaqilligi” hamda “Mustaqillikning 25 yilligi” konlariga investitsiya kiritish, Surxondaryo viloyatida gaz kimyo majmuasini barpo etish buyicha kelishuvlarga erishildi.

Ko‘proq yangiliklar: