Qatar riyolining dollarga nisbatan qiymati seshanba kuni 19 yillik minimum ko‘rsatkichga tushib ketdi. Bu diplomatik inqiroz davom etayotgani fonida yuz berdi, deb xabar bermoqda The Financial Times.
USD/QAR juftligi 1998 yildan beri ilk bora 3,67 AQSh dollarilik ko‘rsatkichga yetdi.
Qatar moliyaviy tizimi qator arab davlatlari ushbu mamlakat bilan diplomatik aloqalarni uzishganidan so‘ng bosim ostida qoldi. Bu qaror ushbu davlat terrorchilik tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlashi bilan bog‘liq gumonlar ortidan qabul qilindi.
Shundan so‘ng mamlakat aksiyalari bozori taxminan 9 foizga tushib ketdi, mamlakat valyutasi esa 11 yillik minimumni yangiladi.
Qatar moliya vaziri Ali Sharif Al-Imodiy sarmoyadorlarni tinchlantirish harakatida. Uning ma'lum qilishicha, «Qatarda o‘ziga kerakli bo‘lgan aktivlar va qimmatli qog‘ozlar bor. Xorijiy aktivlar va sarmoyalar mamlakat YaIMning 250 foizdan ortig‘ini tashkil etadi».