Samarqand viloyati hokimi ishdan olindi
Prezident raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishi vaqtida Samarqand viloyati hokimi Himmat Qo‘chqorovich Oqbo‘tayev lavozimidan ozod etildi.
«Kun.uz» manbasi ma'lumotiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev yig‘ilish vaqtida Samarqand viloyatida qator sohalarda, jumladan, moliya va soliq tizimidagi kamchiliklarni sanab o‘tgan.
Qayd etish joiz, Shavkat Mirziyoyev 10 iyun kuni Samarqand viloyatida bo‘lib, viloyatdagi qurilish ishlari bilan tanishgan, dalalarda fermerlar bilan uchrashgan edi.
Ma'lumot uchun, Oqbo‘tayev o‘tgan yilning dekabr oyi oxirida Samarqand viloyati hokimi etib tayinlangandi. U viloyatining avvalgi hokimi Zoyir Mirzayev bosh vazir o‘rinbosari hamda respublika qishloq va suv xo‘jaligi vaziri etib tayinlangach, uning o‘rnida ish boshlagandi.
Mavzuga oid

16:41 / 12.03.2025
Samarqanddan uchgan samolyot dvigatelidagi nosozlik tufayli aeroportga qaytdi

12:12 / 06.03.2025
Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

09:32 / 05.03.2025
Samarqandda novvoyxona 820 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

18:54 / 04.03.2025