Amsterdamda haydovchi odamlarni urib ketdi

Jahon 07:42 / 11.06.2017 11992

Amsterdam markaziy temir yo‘l vokzali yonida haydovchi piyodalarni urib ketdi. Buning oqibatida 8 kishi jarohat olgan, deb xabar bermoqda BNO News nashri.

Ta'kidlanishicha, politsiyachilar mashina qo‘yish taqiqlangan joyda turgan avtomobil yoniga borishganda uning haydovchisi voqea joyidan qochib ketmoqchi bo‘lgan va bir necha piyodalarni urib ketgan. So‘ngra devorga borib urilgan.  

"8 kishi jarohat oldi, ulardan 2 nafari shifoxonaga olib ketilgan. Qolganlarga joyida yordam ko‘rsatildi. Haydovchi qo‘lga olingan va so‘roq qilinmoqda. Avtomobil ko‘zdan kechirilmoqda", deb ma'lum qilgan politsiya vakili.

Politsiyachilar ma'lumotlariga ko‘ra, voqea terrorchilik bilan bog‘lanmagan.  

Ko‘proq yangiliklar: