Fotoreportaj: Toshkentda yangi eko bog‘ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Foto: "Kun"
Bugun, 10 iyun kuni Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Toshkent Markaziy eko bog‘ining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yangi dam olish maskani 12 gektarli maydonga ega eski hayvonot bog‘i hududida qurildi.
Mazkur yangi eko bog‘ning qurilish ishlariga The Tower Mall Management Group kompaniyasi boshchilik qildi.
Ochilish marosimida Toshkent shahar hokimi, madaniyat va san'at arboblari, vazir o‘rinbosarlari, yozuvchi va shoirlar ishtirok etishdi.
Tushlik vaqtida 400 dan ortiq Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilariga ochiq dasturxon yoziladi. Kechki vaqt esa estrada yulduzlari ishtirokida konsert dasturi namoyish etiladi. Shuningdek, bolajonlar uchun maxsus tomoshalar ham qo‘yiladi.
Ma'lumot o‘rnida: Bog‘da sayr uchun yo‘llar va ko‘plab o‘rindiqlardan tashqari, yugurish va veloyo‘laklar, mini-futbol, badminton hamda tennis maydoni, ochiq trenajyorlar, yoga bilan shug‘ullanish uchun ayvonni ham uchratish mumkin.
Istirohat bog‘iga kirish bepul bo‘ladi.
Ishlash vaqti: 6:00dan - 23:00 gacha
"Kun" muxbirining Markaziy eko bog‘ ochilish marosimidan tayyorlagan fotoreportajni tomosha qiling.
Mavzuga oid

21:10 / 08.03.2025
Yangiyo‘lda ko‘prikning bir qismi o‘pirildi

09:21 / 08.03.2025
Tez yordam xodimlari uy yo‘lagida tashlab ketgan fuqaroning holati haqida ma’lumot berildi

16:24 / 07.03.2025
“Vahimaga tushmang” - Kadastr agentligi yerlar xitoyliklarga sotilayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi

09:32 / 07.03.2025