Radioaloqa, radiouzatish va televideniye markaziga rahbar tayinlandi

O‘zbekiston 18:20 / 05.06.2017 16315

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi korxonalarida kadrlar o‘zgarishi yuz berdi.

Vazirlik axborot xizmatidan ma'lum qilinishicha, Gaziyev Amir Rustamovich Radioaloqa, radiouzatish va televideniye markazi Bosh direktori lavozimiga tayinlandi. Gaziyev shu kunga qadar «O‘zbektelekom» AKning «Bosh kommutatsiya markazi» direktori vazifasini bajarib kelgan.

Bungacha Radioaloqa, radiouzatish va televideniye markazi Bosh direktori vazifasini bajarib kelgan Ziyayev G‘olibsher Meliboyevich vazirlikning Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ko‘proq yangiliklar: