KXDR istagan paytda AQShni "kulga aylantirishi" mumkinligidan ogohlantirdi

"Hwasong-12" ballistik raketasining sinovlari KXDRning istagan paytda Qo‘shma Shtatlarning kontinental qismiga zarba berishga qodirligini ko‘rsatdi. Rodong gazetasi shunday bayonot bilan chiqdi.
"Agar Vashington Pxenyanga nisbatan provakatsiya qo‘llasa, KXDR AQShni kulga aylantiruvchi adolatli yadroviy zarba bilan javob beradi", - deyiladi maqolada.
Gazeta AQShning KXDRni Koreya yarimoroli atrofida joylashtirilgan Amerika strategik yadroviy qurollari orqali qo‘rqitishga bo‘lgan urinishlarini "kulgili, qo‘rqoqlar aksiyasi" deb hisoblaydi.
Koreya Ishchilar partiyasi rahbariyati fikrini bayon qiluvchi Rodong Donald Tramp ma'muriyatiga "xalq respublikasiga nisbatan yovlar siyosatidan voz kechish"ni tavsiya qiladi. "Aks holda, Pxenyanning AQShga yadroviy zarba berish xavfi kundan kunga tezkor sur'atlarda o‘sib boradi", - deya ta'kidlanadi maqolada.
Gazeta "AQSh aql bilan ish tutmas ekan, KXDR yanada aniq va turfa xil qurol turlarini ishlab chiqarishda davom etaverishi"dan ogohlantirdi.
Mavzuga oid

22:14
KXDR Ukrainadagi urush vaqtida harbiy zavodlari maydonini kengaytirdi

18:09
Trampni qo‘llab-quvvatlagan biznes elita milliardlab dollar yo‘qotdi

17:26
AQSh ma’muriyati migrantlarni «o‘z-o‘zini deportatsiya qiluvchi» ilovani ishga tushirdi

17:23