Mirziyoyev Bo‘z tumanidagi xonadonlardan birida mehmon bo‘ldi

Foto: O‘zA
Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 21 oktabrdagi “2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq barcha joylarda shinam turar joylar bunyod etilmoqda.
O‘zA xabariga ko‘ra, davlat rahbari Bo‘z tumani “Chorvador” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qurilgan ana shunday uylarni borib ko‘rdi. Akmal va Zilolaxon Rahmonovlar xonadonida bo‘lib, bu yerda yaratilgan sharoitlar, oilaning turmushi, farzandlar tarbiyasi bilan qiziqdi.
Ushbu mahallada maydoni 2 sotixli, uch xonali 10 zamonaviy uy bunyod etilgan. Ularda yotoqxona, mehmonxona, oshxona, xo‘jalik binolari mavjud. Uylar tabiiy gaz, toza ichimlik suvi va elektr energiyasi bilan ta'minlangan.
Shavkat Mirziyoyev bunday turar joylarni ko‘proq qurib, odamlarga munosib sharoitlar yaratish doimo e'tiborda bo‘lmog‘i zarurligini ta'kidladi. Mutasaddilarga uy-joylarni aholi va zamon talablari asosida loyihalashtirish va bunyod etish yuzasidan tavsiyalar berdi.

Mavzuga oid

15:07 / 03.05.2025
Shavkat Mirziyov va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi

18:42 / 02.05.2025
Prezident Urganchda Kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazini borib ko‘rdi

17:22 / 02.05.2025
Prezident «Urganch klaster»ning yangi korxonalari faoliyati bilan tanishdi

16:15 / 02.05.2025