Ilon Mask Tramp maslahatchilari safini tark etdi

Fan-texnika 08:06 / 02.06.2017 7559

Tadbirkor Ilon Mask AQSh prezidenti Donald Trampning iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqish qarori sababli uning maslahatchilari kengashini tark etishga qaror qildi. 

Tramp 1 iyun kuni AQShning ushbu kelishuvni tark etishini e'lon qildi. 

"Men prezident maslahatchilari kengashini tark etmoqdaman. Iqlim o‘zgarayotgani bu haqiqatdir. Parij kelishuvidan chiqish Amerika va butun dunyo uchun yomondir", deb yozgan Mask tvitterda. Tadbirkor AQSh ma'muriyatidagi bir nechta maslahatlashuv kengashlari tarkibiga kirgandi. Jumladan, u iqtisodiyot bo‘yicha ekspert kengashi ishida qatnashib kelayotgandi.

Iqlim bo‘yicha Parij kelishuvi 2015 yil dekabrda 194 ta davlat tomondan imzolangan global iqlim bo‘yicha ilk kelishuvdir. U global isish bo‘yicha harakatlar rejasini belgilaydi. Kelishuv qazib olinuvchi yonilg‘idan voz kechish va karbonat angidridni atrof-muhitga chiqarishni cheklashni ko‘zda tutmaydi. Biroq kelishuvning barcha tomonlari chiqindilarni kamaytirish, texnologik qayta qurollanish va iqlim o‘zgarishlariga moslashish bo‘yicha choralar ko‘rishlari lozim.

Ko‘proq yangiliklar: