Google'ning avtomatik boshqaruv tizimini ishlab chiquvchi sho‘'ba korxonasi hisoblangan Waymo kompaniyasi haydovchisiz yuk mashinasi sinovlarini boshlab yubordi. BuzzFeed News'da shu haqda xabar berildi.
Manbaga ko‘ra, dastlab fotomuxbirlar bunday avtomobilning test prototipini suratga olishga muvaffaq bo‘lishgan, keyin esa Waymo haqiqatdan avtonom boshqaruv tizimli yuk mashinasini yaratish ustida ishlanayotganini tasdiqlagan. Nashr suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, loyihaning asosiy maqsadi - "og‘ir yuk mashinalari ishtirokida sodir bo‘luvchi YTHdagi o‘lim holatlari sonini kamaytirish".
Waymo'da bugungi kunda faqat bir yuk mashinasi sinovdan o‘tayotgani va u hozircha operator tomonidan qo‘lda boshqarilayotgani qayd etilgan. Kompaniya boshlang‘ich bosqichda tizimlar faoliyati to‘g‘riligini tekshiradi va yo‘l borasidagi barcha zarur ma'lumotlarni to‘playdi.
2016 yilda Uber taksi xizmatiga qarashli Otto startapi avtomat boshqaruvli yuk mashinalarini sinovdan o‘tkazgan.