GM Uzbekistan: endi avtomobillar yetkazib berish ketma-ketligini onlayn kuzatib borish mumkin

Fan-texnika 09:32 / 02.06.2017 48407

GM Uzbekistan kompaniyasi yangi tizimni ishga tushirdi. Endilikda elektron murojaatlarni ro‘yxatga olish tizimi ishlamoqda, u real vaqt rejimida yetkazib beriladigan mahsulotlar ketma-ketligini kuzatib borish imkonini beradi. Bu avtomobillar sotuvida shaffoflikni ta'minlash maqsadida amalga oshirildi.

Siz murojaat holatini quyidagi havola bo‘yicha o‘tib, bilib olishingiz mumkin.
 
"Elektron arizani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun rasmiy dilerlik avtosalonlaridan biriga murojaat qilish lozim. Avtosalon xodimi elektron murojaatni ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortsa, qo‘shimcha mukofotlashni talab qilsa yoki boshqa qonunbuzarlik holatlari ro‘y bersa, +99871 147 14-14 yagona ishonch telefoniga darhol murojaat qilishingizni so‘raymiz", - deya ta'kidlanadi GM Uzbekistan’ning Facebook’dagi xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: