Shimoliy Koreyada Ryonghung iPad planshet kompyuteri yaratildi. Uni ishlab chiqargan Myohyang IT Company bu gadjyetni qisqagina iPad deb atamoqda.
Yangi qurilma 4 yadroli protsessorda ishlaydi, u gigabayt tezkor xotiraga va 8 gigabayt ichki xotiraga ega. Qurilmaga Shimoliy Koreya axborot-kommunikatsiya sohasi uchun mutasaddi tashkilotning sertifikati olingan. Planshet xaridorlar orasida ancha ommalashgan.
Planshet bir qator funksiyalarni bajara oladi, jumladan turli axborot manbalarini o‘qiy oladi, idora ishlarini bajarish va hujjatlar bilan ishlashga mo‘ljallangan. Unda 40 dan ko‘proq dastur, jumladan kalkulyator, salomatlik ensiklopediyasi va tibbiy servis Good Doctor 3.0 o‘rnatilgan.
Planshet to‘plamiga tarmoq adapteri va klaviatura ham kiritilgan.