Krossovkalarni yomg‘irdan qanday himoya qilsa bo‘ladi? 

Fan-texnika 19:19 / 01.06.2017 6588

San-Frantsiskodan bo‘lgan Dry Steppers startapi krossovkalarni yomg‘irli va namli ob-havoda himoya qilishga mo‘ljallangan maxsus plastik moslama – baxilalar (tselofanli qopchalar) ishlab chiqdi. Bu haqda HighSnobiety xabar berdi.

Ular shaffof chidamli plastikdan tayyorlangan bo‘lib, zanjirsimon yopqichga ega. Oyoqqa yaxshilab joylashtirish uchun moslamaning tepadagi qismida tortiluvchi bog‘ichlar bor. Tashqi qismda plastikka krossovkalarning mashhur modellari - Air Jordan 11 va YEEZY Boost 350 tasviri tushirilgan. Bunday moslamaning bir jufti 20 dollar turadi va firmaning onlayn-do‘konida taklif qilinmoqda.

 

Ko‘proq yangiliklar: