Jahon | 21:27 / 31.05.2017
6169
2 daqiqa o‘qiladi

Hindistonning ShHTga a'zo bo‘lishi Ostonadagi sammitda rasmiylashtiriladi

Hindistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo bo‘lishi tashkilotning Ostonada iyun boshida o‘tadigan sammitida rasmiylashtiriladi.  

"Hindistonning ShHTga to‘liq a'zo bo‘lishi iyun boshida ShHTning Ostonadagi sammitida rasmiylashtiriladi", deb aytdi jurnalistlarga Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov.

1 iyunda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Hindiston bosh vaziri Narendra Modini qabul qiladi. Ular hamkorlikni kengaytirish haqidagi deklaratsiyani qabul qilishadi. Sankt-Peterburgda o‘tadigan muzokaralarda terrorchilikka qarshi kurash, Suriya va Koreya yarimorolidagi vaziyatlar muhokama qilinadi. 

Ushakovning ta'kidlashicha, ShHTda ko‘riladigan mavzular 1 iyunda Sankt-Peterburgdagi muzokaralarda muhokama qilinadi. Uning aytishicha, Hindistonning tashkilotga qabul qilinishi jarayoni 2015 yilda Ufadagi sammitda yo‘lga qo‘yilgan. "Aminmizki, Hindistonning ShHT faoliyatida ishtirok etishi tashkilotning imkoniyatlarini kengaytiradi va dunyodagi ishlarda uning nufuzini oshiradi", deb ta'kidlab o‘tdi Ushakov.  

Ushakovning eslatishicha, Hindistonda 20 yil ichida Rossiya dizaynidagi kamida 12 ta atom elektrostansiyasi quriladi. 

Eslatib o‘tamiz, ShHTning Ostonadagi sammiti 8-9 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid