Xitoy Osiyoning 70 foizini qoplaydigan sun'iy yo‘ldosh tizimini barpo qildi

Fan-texnika 18:19 / 31.05.2017 7528

Xitoy ilk marotaba yer usti stansiyalari milliy tarmog‘ini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu stansiyalar XXRning barcha hududi va Osiyoning 70 foizini qamrab oluvchi masofadan kuzatish bo‘yicha sun'iy yo‘ldoshlar tarmog‘ini nazorat qiladi. Bu haqda Xinhua agentligi xabar qilmoqda.

Monitoringni olib boruvchi asosiy inshoot Pekinda joylashgan bo‘lib, qolganlari shimoli-g‘arbiy va janubiy hududlarda joylashgan. Ushbu tizimni barpo qilish bo‘yicha ishlar 2007 yildan buyon olib boriladi. 

Hukumat inspeksiya qo‘mitasida jurnalistlarga ma'lum qilishlaricha, bu tarmoqdan birinchi galda Xitoyning shimoliy-g‘arbiy va Janubiy Xitoy dengizini masofadan o‘lchash uchun foydalaniladi. 

Ko‘proq yangiliklar: