O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Vasiylik kengashining 2017 yil 26-apreldagi 70 sonli majlis bayoni hamda mazkur bayon bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2017 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”ning “Iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvatlash, ijtimoiy va intelektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish” borasidagi belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda Respublika hayotining har bir sohasi va jabhasini rivojlantirishga yoshlarni keng jalb etish, ularning iqtidori, ilmiy salohiyati va shijoatidan unumli foydalanish, zamonaviy texnika va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab quvvatlash, ularda ijodiy tafakkur va yaratuvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosati, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi bilan hamkorlikda "Innovatsion g‘oyalar" respublika ko‘rik-tanlovini joriy yilning 29 iyun kuni Toshkent davlat texnika universiteti bazasida o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ko‘rik tanlovda 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar, izlanuvchilar va iqtidorli talabalar ishtirok etishi mumkin.
Tanlovga oliy ta'lim muassasalari tomonidan tavsiya etilgan ishlanmalar bo‘yicha quyidagi hujjatlar joriy yilning 19 iyun kuniga qadar Toshkent davlat texnika universiteti bazasida tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan qabul qilinadi:
- - muassasa raxbarining yo‘llama xati;
- - muassasa ilmiy kengashining yig‘ilish bayonnomasidan ko‘chirma;
- - tanlov ishtirokchisi haqida tavsifnoma;
- - ma'lumotnoma (obektivka (o‘zbek va rus tillarda));
- - ishlanmaning qisqacha tavsifi (o‘zbek va rus tillarda).
Tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:
- Energetika, energiya va resurs tejamkorligi, muqobil energiya manbalarini yaratish va rivojlantirish;
- Axborot va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish;
- Qishloq xo‘jaligi, biotexnologiya, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi;
- Kimyo texnologiyasi, oziq-ovqat sanoati, neft va gaz kimyosi;
- Tibbiyot va farmakologiya;
- Mexanika, mashinasozlik va materialshunoslik, paxta tozalash, to‘qimachilik, matbaa va yengil sanoat, arxitektura va qurilish.
Murojaat uchun telefonlar: 246-01-87, 246-19-47