GM Uzbekistan Qozog‘istonning avtotransport vositalarini ishlab chiqaruvchi milliy kompaniyasi AllurGroup bilan birgalikda Qo‘stanaydagi "SaryarkaAvtoProm" ishlab chiqarish maydonchasida Ravon Nexia R3 modelini seriyali ishlab chiqarishni boshladi.
Ravon Nexia R3 sedani ishlab chiqarilishi zavodning mavjud quvvatlarida amalga oshiriladi. Hamkorlikning keyingi bosqichi ishlab chiqariluvchi modellarning kengaytirilishi bo‘lishi mumkin.
Ravon’ning Qozog‘istondagi rasmiy distribyutori "Uzavto Aziya" kompaniyasi mavjud dilerlik tarmog‘i orqali ishlab chiqarilayotgan mashinalarni sotishni amalga oshiradi.
Bugungi kunda Qozog‘istondagi hamyonbop avtomobil segmentida Ravon Nexia R3 narx-sifat nisbatini hisobga olgan holda iste'molchi uchun eng jozibador model hisoblanadi. Ushbu mashinani Qozog‘istonda ishlab chiqarilishi hisobiga imtiyozli kreditlash dasturi orqali xarid qilish mumkin bo‘ladi.
2017 yilning 4 oyi natijalariga ko‘ra, Ravon Nexia R3 qozog‘istonliklar tomondan talab katta bo‘lgan yengil avtomobillar reytingida yetakchi o‘rinlarni egallamoqda.