Ilon Maskning yangi kompaniyasi muqobil elektr avtobusni namoyish etdi 

Fan-texnika 14:50 / 30.05.2017 7705

Ilon Maskning yangi kompaniyasi – The Boring Company – muqobil elektrobus prototipini namoyish qildi. U yerosti tonnellari bo‘ylab harakatlana oladi. Shu bilan birga, hozircha, u haqda batafsil ma'lumot yo‘q. 

The Boring Company firmasi Los-Anjyelesda o‘zining ilk sinov tonnelini qurishni allaqachon boshlab yuborgan. Maskning fikricha, shaharlar o‘rtasida yerosti tonnelari tarmog‘ini barpo etish mumkin. Ularda muqobil tartibda maxsus aravali avtomobillar harakatlanishi mumkin. Mashinalar uchun o‘ziga xos metro vazifasini o‘tovchi platformalar tezligi soatiga 200 kilometrga yetishi mumkin. 

Ilon Maskka ko‘ra, bunday tonnellar magistrallarda avtomobillar oqimini kamaytirish va tirbandliklarga barham berishga yordam beradi. Bundan tashqari, ularni vakuumli Hyperloop tonnellari bilan birlashtirish ham mumkin bo‘ladi. 

Ko‘proq yangiliklar: