«GM Uzbekistan» 1 iyundan avtomobillarni yetkazib berishga doir shartnomalar tuzish jarayonini tiklaydi

Fan-texnika 21:08 / 30.05.2017 54061

«GM Uzbekistan» AJ joriy yilning 1 iyunidan avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzish jarayonini tiklaydi. Bu haqida «O‘zavtosanoat» matbuot xizmati xabar berdi

Yozning birinchi kunidan yangi shartnomalarni rasmiylashtirish faqat milliy valyutada amalga oshiriladi, bu yengil avtomobillarning barcha turlariga taalluqli. Bundan avval tuzilgan shartnomalar shartlari o‘zgarishsiz qolmoqda. 

Ta'kidlash joizki, «GM Uzbekistan» bilan shartnoma tuzish vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yilgandi. Kompaniya 29-31 may kunlari shartnomalar, to‘lovlar inventarizatsiyasini o‘tkazadi, shuningdek shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ma'lumotlarni yangilash elektron tizimini qayta ishga tushiradi. 

Ko‘proq yangiliklar: