Rolls-Royce dunyodagi eng qimmat yangi avtomobilni namoyish qildi

Fan-texnika 18:46 / 29.05.2017 79464

Buyuk Britaniyaning Rolls-Royce kompaniyasi Sweptail kupesini yagona nusxada ishlab chiqdi. Uning narxi 13 mln dollarga yaqin deb xabar qilmoqda Britaniya OAV. 

Avtomobil aniq bir xaridor buyurtmasi asosida ishlab chiqilgan, biroq uning nomi oshkor qilinmayapti. Kupe 1925 yilgi Phantom I Round Door by Jonckheere va 1934 yilgi 3ta model asosida barpo etilgan. Buyurtmachi o‘sha davr Rolls-Royce uslubidagi 2 kishilik tomi shishali avtomobilni xohlagan. Kompaniyaning qayd etishicha, bu jahon avtomobil sanoatidagi eng katta va murakkab shisha tomdir. 

Butunlay yangi kuzov bir qarashda yaxtani yodga soladi. Old va orqa tomondan alyuminiydan qo‘lda yasalgan 08 raqamini ko‘rish mumkin. Kompaniya mashinaning 12,8 mln dollar ekanini tasdiqlamagan bo‘lsa-da, u «haqiqatdan ham juda qimmat»ligini bildirishdi.

Ko‘proq yangiliklar: