Xitoy joylashuvni yanada batafsil aniqlashga yordam beruvchi eng yirik sun'iy yo‘ldosh navigatsiya tizimini ishga tushirdi. Bu haqida CGTN telekanali XXR Davlat geodeziya va kartografiya boshqarmasi (NASG) rais o‘rinbosari bergan ma'lumotga asoslanib, xabar berdi.
NASG ma'lumotiga ko‘ra, yangi tizim sun'iy yo‘ldosh navigatsiyasining 2700 asosiy stansiyasi, ma'lumotlarni qayta ishlash va uzatishga doir bir umummilliy va 30 hududiy markazlaridan tashkil topgan.
Mamlakat hukumati alohida foydalanuvchilar uchun nafaqat navigatsiyaning yanada to‘liq servisini taqdim etishni, balki aholi punktlarida, ayniqsa yirik shaharlarda yo‘l harakatini tashkillashtirish va tartibga solishni yaxshilashni ham rejalashtirmoqda.