Telegram asoschisi pochtasi buzilishi mumkinligidan ogohlantirildi

Fan-texnika 22:13 / 27.05.2017 14005

"VKontakte" ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov tvitterda unga Google’dan yuborilgan ogohlantirish skrinshotini joylashtirdi. Ogohlantirish matniga ko‘ra, "davlat bilan bog‘langan xakerlar Durovning elektron pochtasini buzishga harakat qilayotgan bo‘lishlari mumkinligi" aytilgan.

Xabar mualliflari bunday buzib kirishga urinishlar Gmail elektron pochta xizmati foydalanuvchilarining 0,1 foizdan kamrog‘i bilan yuz berishini va xavotirlar o‘rinsiz bo‘lishi mumkinligini ta'kidlab o‘tganlar.      

Telegram asoschisi esa muhim narsalar uchun hech qachon Gmail’ni ishlatmasligini, biroq "bundan negadir ajablanmayotganini" ma'lum qilgan.   

Ko‘proq yangiliklar: