Nima uchun Melaniya Tramp Vatikanda boshiga ro‘mol tashlab, Saudiyada bunday qilmadi?

Jahon 17:27 / 26.05.2017 35696
Foto: AP

AQSh prezidentining turmush o‘rtog‘i Melaniya Tramp chorshanba kuni Vatikanga tashrif buyurganida boshiga ro‘mol tashladi, biroq bir necha kun avval aksariyat ayollar boshdan-oyoq o‘ranib yuruvchi Saudiya Arabistoniga borganida, u qirol huzurida ro‘molsiz namoyon bo‘ldi. Emirates 24|7 nashri shu haqidagi maqolasi bilan bo‘lishdi

Farqi nimada? Javob - shaxsiy tanlov, diplomatik protokol va diniy qarashlarning murakkab birikmasida.

Birinchi xonim vakilasi Stefani Grishamning so‘zlariga ko‘ra, Tramp xonimning keyingi safarida qora vual yopishiga Vatikan protokoli sabab bo‘lgan, ya'ni papa bilan ko‘rishish kerak bo‘lgan ayollar uzun yengli qora rangli ko‘ylak kiyishi va boshini qora vual bilan yopishi kerak. Saudiya Arabistoni hukumati protokolida esa boshni hijob yoki ro‘mol bilan yopish so‘ralmagan, deydi Grisham. 

Foto: Twitter/@Flotus

Vatikandagi kiyinish qoidasiga hamma ham qat'iy rioya qilavermaydi, shu jumladan yuqori lavozimda ishlovchi ayollar ham. Ularning ko‘pchiligi pontifik huzuriga boshi ochiq holda kirgan - Germaniya kansleri Angela Merkel va Myanmaning bosh fuqarolik yetakchisi Aun San Su Chji shular jumlasidandir. 

Bu yerda ayollarning aksariyati hurmat yuzasidan vual yopishadi. Tramp xonim katolik hisoblanadi, u milliarddan ortiq katoliklarning yetakchisi bo‘lgan Donald Trampga hamrohlik qilgani uchun ham shunday hurmat ko‘rsatgandir, ehtimol. 

Shu kuni AQSh delegatsiyasidagi ayollarning barchasi yopinchiqda edi, shu jumladan prezidentning turmushga chiqqunga qadar iudaizmga murojaat qilgan qizi Ivanka Tramp ham.

Ta'kidlash joizki, AQShning birinchi xonimi shanba kuni Ar-Riyodga borganida yopinchiqsiz bo‘lgan bo‘lsa-da, odmi kiyimda bo‘lgan. U saudiyalik ayollar kiyadigan qora xalat yoki abayaga o‘xshash erkin harakatlanish imkonini beruvchi yengi uzun kiyimda bo‘lgan. U arab mamlakatiga ikki kunlik tashrifi davomida ayol mehmonlarga doir protokoldan chetga chiqmagan: yopiq kiyimlar, uzun yeng, uzun ko‘ylak yoki shim.

Ko‘proq yangiliklar: