Dubay politsiyasi tashlandiq quduqdan tuyani chiqarib olishga muvaffaq bo‘ldi

Foto: Supplied
Dubay politsiyasi Al-Lisaliy tumanidagi tashlandiq quduqqa tushib ketgan tuyani qutqardi. Bu haqida politsiya bergan ma'lumotga asoslanib, Gulf News xabar berdi.
Dubay politsiyasining qidiruv-qutqaruv bo‘limi direktor o‘rinbosari, polkovnik Ahmad Atiq Burqibahning so‘zlariga ko‘ra, seshanba kuni ularga quduqdagi tuya haqida xabar berilgan.
"Voqea joyiga yetib borganimizda kichik tashlandik quduqqa tushib qolgan tuyani ko‘rdik. Quduq bir necha yillardan buyon yaroqsiz ahvolda. Uning ichidagi suv iflos va zaharli hisoblanadi. Quduqning qopqog‘i singani tufayli uning yuzasi ochiq bo‘lgan. Bu tor quduqqa tuyaning qanday qilib tushib qolgani hozircha noma'lum", - dedi polkovnik.
Uning aytishicha, quduqdan tuyaning faqat bo‘yni va boshi ko‘rinib turgan, qolgan qismi suvda bo‘lgan. "Quduq og‘zi tor bo‘lgani uchun uni chiqarib olish oson bo‘lmadi. Biz quduq og‘zini kengaytirish uchun maxsus uskunadan foydalandik. Tuyaga ziyon yetkazmaslik uchun ehtiyotkorlik bilan uni chiqarib oldik", - qo‘shimcha qildi u.
"Tuyani qutqarish operatsiyasi uch soat davom etdi. Jonivor qutqarilgach, bemalol yurib ketdi. Jamoaning barcha a'zolari jonivorning eson-omon qutqarilganidan baxtiyor", - deydi polkovnik Burqibah.
Qutqaruv guruhiga leytenant Ali Hasan Kanon boshchilik qildi.
Mavzuga oid

11:18 / 25.02.2025
Dubayda 247 ming dollar qarz bo‘lib qolgan o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi

16:33 / 24.02.2025
Dubay valiahd shahzodasi dunyodagi eng baland binodan parashyutda sakradi

08:04 / 16.01.2025
Dubayning ilg‘or yechimlari Yangi Toshkentda zamonaviy infratuzilmani yaratish doirasida joriy etilishi mumkin

07:30 / 16.01.2025