Mitsubishi kompaniyasi MPV segmentidagi, XM kontsepti yo‘nalishida bo‘lgan dizaynga ega yangi modelni seriyaga chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
“Sal ko‘tarilgan” yetti o‘rinli minivenning test nusxasi Yaponiyada Mitsubishi Motors Corporation direktorlar kengashi rahbari Karlos Gonga namoyish etildi. Mahalliy telekanallardan biri esa, yangi model atigi bir necha soniyaga paydo bo‘luvchi syujyetni ko‘rsatgan. Bundan tashqari, Tvitterda tadbirdan olingan fotosuratlar tarqaldi.
Krossven o‘tgan yilning yozida namoyish etilgan Mitsubishi XM kontseptiga juda o‘xshash tarzda yaratildi. Yetti o‘rinli yangi transport vositasi kompaniyaning Indoneziyadagi yangi zavodida yig‘iladi. Aynan shu davlat model uchun asosiy bozorga aylanadi. Shuningdek, avtomobilni Tailand, Vetnam va Filippinda sotish ham rejalashtirilgan.
Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, seriyali model Expander nomini olishi mumkin. Uning motorlari orasida 1.5 benzinli dvigatel bo‘ladi. Xaridorlarga dizelli qurilmaga ega MPV ham taklif qilinishi mumkin. Uzatma faqatgina oldingi bo‘ladi.
Taxminlarga ko‘ra, ven ommaviy tarzda joriy yilning yozidan boshlab ishlab chiqariladi.