Rossiyalik kaskadyor Gennadiy Kocherga o‘g‘li Sergey bilan Gollivudning "Transformerlar" filmidagi "Optimus Praym" nomli transformerni "Lada" avtomobili negizidagi variantini yaratdi. Rus transformeri Oryoldagi tryuklar shousida taqdim qilindi.
Kocherga o‘zi yaratgan robot-avtomobilga "Optimus Gennadevich Praymov" deb hazilomuz nom berdi. Transformer yurib ketayotganda avtomobildan robot ko‘rinishga bir necha soniyalarda aylana oladi. Mashina hattoki ikkita pulemyot bilan ham jihozlangan.
Kaskadyorning aytishicha, u transformerni yaratishda Singapurda sotib olgan o‘yinchoq avtomobildan ilhom olgan. Aynan shundan keyin kaskadyor ushbu loyihani amalga oshira boshlagan. Kocherga xuddi shu g‘oya asosida kamida yana ikkita transformer yaratmoqchi.