Volvo haydovchisiz chiqindi tashuvchi mashinalar sinovini boshladi

Fan-texnika 23:23 / 18.05.2017 7344

Volvo markasining yuk mashinalar ishlab chiqaruvchi bo‘limi haydovchisiz chiqindi tashuvchi mashinalar sinovini boshladi. Sinovlar chiqindilarni utillashtirish bilan shug‘ullanuvchi Renova shved kompaniyasi bilan birgalikda o‘tkazilmoqda. Sinovlar 2017 yil oxirigacha o‘tkaziladi.

Avtomobil birinchi bor notanish ko‘chaga kirganda uni albatta haydovchi boshqarishi kerak. Avtopilot tizimi harakat yo‘nalishini va chiqindi baklari qo‘yilgan joylarni eslab qoladi.

Keyingi marotaba haydovchi birinchi to‘xtash nuqtasida kabinadan tushib, avtonom boshqaruvni ishga tushirib, chiqindini yig‘ish bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘ladi. Bunda avtomobil bakdan bakkacha orqasi bilan yurib, to‘siqlar va yo‘lda turgan mashinalarni mustaqil ravishda aylanib o‘ta oladi.

"Mashina orqasi bilan yurganda haydovchi chiqindilarni siquvchi bo‘lim yonida turadi va unga har gal kuzovning orqa qismidan kabinagacha va yana ortga yurish talab etilmaydi", deb aytildi Renova kompaniyasida. Yuk mashinasi maxsus sensorlar bilan jihozlangan bo‘lib, ular xavf yuzaga keladigan vaziyatda mashinani darhol to‘xtatadilar.

O‘tgan yil Volvo haydovchisiz samosvallar sinovini yer ostida boshlagandi. Bunday mashinalar xavfsiz ekanligini isbotlash maqsadida shved kompaniyasi texnik direktori Torborn Xolstrem 18 tonnalik yuk mashinasi yo‘lida uning mustaqil to‘xtashini poylab turib olgan.

Ko‘proq yangiliklar: