Kanadaning Daymak kompaniyasi dunyodagi eng tezyurar elektrokart bo‘lishiga umid qilayotgan C5 Blast nomli elektrik kart taqdim qildi. Kartning turgan joyidan 96 km/soat tezlikkacha erishishi vaqti 1,5 soniyani tashkil qiladi.
Kart antiqa kuch qurilmasi bilan jihozlandi: uning g‘ildiraklari 14 ot kuchiga ega elektromotor hamda 12 ta turboventilyator bilan harakatga keltiriladi. Turboventilyatorlardan 4 tasi 60 km tortish kuchi hosil qiladi va mashinani tezlashtirishga yordam beradi, qolgan 8 tasi ko‘tarish kuchini hosil qiladi. Buning evaziga kart og‘irligi dvigatel kuch qurilmasi ishlashi vaqtida 200 kg dan 100 kg gacha kamayadi.
Kartda rekord natijaga erishish bo‘yicha zayezd hali amalga oshirilmadi, biroq kompaniya Osnabryuk shahrining Amaliy fanlar universitetiga tegishli bo‘lgan va Ginness rekordlar kitobida qayd etilgan amaldagi rekordni yangilashga umid qilmoqda. Universitet yaratgan kart 100 km/soatga 2,635 soniyada erisha oladi.
Daymak C5 Blast karti 59 995 dollar turadi. Biroq uning 9999 dollarlik versiyasi ham taklif qilinadi. Bu versiya faqatgina elektromotor bilan jihozlanadi.