Rossiya va Saudiya Arabistoni neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha Vena kelishuvi 2018 yil martiga qadar uzaytirish lozim degan to‘xtamga keldi. Bu haqda Saudiya Arabistoni energetika, sanoat va mineral zaxiralar vaziri Xolid Al-Falix bayonot berdi.
"Biz bu kelishuv 2018 yil martiga qadar uzaytirilishi kerak, degan xulosaga keldik", — degan Al-Falix RF energetika vaziri Aleksandr Novak bilan o‘tkazgan uchrashuvdan so‘nggi matbuot anjumanida.
OPeK tashkiloti 30 noyabrda Venada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda oktabr oyidagi darajadan kuniga 1,2 mln barrel kam qazib olishga kelishilgan edi. OPeKka a'zo bo‘lmagan 11 davlat 10 dekabrda uchrashib, kuniga 558 ming barrel kamroq neft qazib olishga qaror qilishgandi.