Jahon banki O‘zbekiston YaIMning 8 foizdan 7,8 foizga pasayishini prognoz qildi

Iqtisodiyot 21:56 / 12.05.2017 12031

Jahon banki Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida iqtisodiyotning holatiga doir ma'ruzasi bilan bo‘lishdi. Unga ko‘ra, 2017 yilda O‘zbekiston YaIM o‘sishi biroz sekinlashadi - 2016 yilda YaIM o‘sishi 8 foiz bo‘lgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 7,8 foizni tashkil qiladi. 

Ma'ruzada shuningdek mamlakatdagi investitsiyalarning 9,5 foizga o‘sgani qayd etilgan. Eksport hajmining o‘sishi kimyoviy moddalar, avtomobillar, oltin va xizmat ko‘rsatish sohasi hissasiga to‘g‘ri kelishi, gaz, metall va paxta eksporti esa kamaygani ta'kidlanadi. Ma'ruzada O‘zbekiston importi qisqargani alohida qayd etilgan.

Hukumatning mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ish haqi, investitsiya va transfertlarni oshirgani, tadbirkorlar uchun soliqlarning qisqartirilishi kabi omillar keltirilgan.

Ma'ruzada shuningdek 2016 yil oxiridagi saylovlar mamlakatdagi siyosiy barqarorlikni saqlab qolgani ta'kidlanadi. 2017 yilning "Xalq bilan muloqot yili" deya e'lon qilingani, mamlakatda olib borilayotgan modernizatsiyalash ishlari O‘zbekistonning yanada farovon davlat bo‘lishi uchun xizmat qilishiga ishonch bildirilgan.

Jahon banki 2017 yilda Yevrooosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) eng yuqori YaIM Qirg‘izistonda bo‘lishini prognoz qilmoqda. 2016 yil yakunlariga ko‘ra, Qirg‘izistonda YaIM o‘sishi 3,8 foizni tashkil qilgan. 2017 yilda esa bu ko‘rsatkichning 3,4 foizgacha kamayishi taxmin qilinmoqda. Bunga oltin qazib olishning rejaga muvofiq kamaytirilishi sabab bo‘lishi ko‘rsatiladi, biroq iqtisodiyotning boshqa sohalari o‘sishi qayd etilgan.

Shunday bo‘lsa-da, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Qirg‘izistonning o‘sish ko‘rsatkichlari eng kam. Jumladan,  O‘zbekistonning YaIM o‘sishi 8 foizdan 7,8 foizga, Tojikistonning YaIM o‘sishi esa 6,5 foizdan 5,5 foizga qisqarishi aytiladi. Jahon banki prognoziga ko‘ra, Markaziy Osiyoda o‘sish ko‘rsatkichlari pasaymaydigan yagona davlat Turkmaniston bo‘ladi - uning YaIM 6,2 foizdan 6,3 foizga o‘sadi. 

Ko‘proq yangiliklar: