Hollivud aktyori AQSh prezidenti lavozimiga kurashishi mumkinligini aytdi

Foto:kapital-rus.ru
Hollivud aktyori Dueyn "Qoya" Jonson AQSh prezidenti lavozimiga kurashishga "real imkoniyatga" egaligini aytdi.
"Fikrimcha, real imkoniyat bor", deb javob bergan aktyor GQ jurnaliga u prezidentlikka kurashish uchun o‘z faoliyatidan voz kechishi mumkinligini bilish maqsadida berilgan savolga.
"Agar men prezident bo‘lganimda, unda muvozanat muhim bo‘lardi. Yetakchilik, barcha uchun javobgar bo‘lish muhim bo‘lardi. Agar men kimningdir gaplariga qo‘shilmasam, uning og‘zini yopmasdim", deb aytgan aktyor.
Aktyor shuningdek AQSh prezidenti Donald Trampning immigratsiya siyosatini umuman qabul qilmasligini ta'kidlab o‘tdi.
"Men bizning milliy xavfsizlik – yadro ekanligiga ishonaman, biroq men muhojirlarga taqiqlovga ishonmayman. Men birdamlikka ishonaman. Bizning davlat shunda qurilgan va buning evaziga kuchlidir. Bu qaror esa juda shoshqaloqlik bilan qabul qilingan", deb hisoblamoqda aktyor.
Mavzuga oid

16:12 / 15.01.2025
Taniqli aktyor Ravshan Jo‘rayev vafot etdi

22:45 / 25.04.2024
Nyu-York sudi Harvi Vaynshteynga nisbatan chiqarilgan hukmni bekor qildi

08:50 / 12.04.2024
Sobiq sportchi va Hollivud aktyori O Jyey Simpson vafot etdi

09:07 / 27.02.2024