O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 may kuni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga yangi rais tayinladi.
5 may kungi farmonga ko‘ra, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga Bahrom Qo‘chqorov tayinlandi.
Bugunga qadar Bahrom Qo‘chqorov Prezidentning siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari - Prezident Yuridik xizmatining rahbari sifatida faoliyat yuritgan.