Bundesliga. 32-turning ilk uchrashuvida 7ta gol kiritildi

Germaniya chempionatining 32-turida start oldi. Turning ilk uchrashuvi "Kyoln" va "Verder" jamoalari o‘rtasida o‘tkazilib, o‘yinda 7ta gol kiritildi.
Mezbonlar tarkibida gollarga Modest (dubl) Bitenkur, Tsoller mualliflik qilgan bo‘lsa, "Verder" safida Bartels, Gebre Selassiye hamda Gnabri o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Kyoln – Verder 4:3
Gollar: 1:0 – 13 Modest, 2:0 – 28 Bitenkur, 2:1 – 34 Bartels, 2:2 – 40 Gebre Selassiye, 3:2 – 44 Tsoller, 4:2 – 47 Modest, 4:3 – 62 Gnabri.
Keln – Xorn, Klyunter, Sorensen, Subotich, Xaynts, Yoyich (Xeger, 70), Lemann, Xektor, Tsoller (Rudnev, 82), Modest, Bitenkur (Raush, 75).
Verder – Vidvald, Velkovich (Pisarro, 81), Sane, Moysander, Dileyni (Gnabri, 54), Bauer (Kaynts, 65), Gebre Selassiye, Grillich, Yunuzovich, Bartels, Kruze.
Ogohlantirishlar: Dileyni (21), Moysander (60).
Mavzuga oid

17:31 / 19.05.2024
Bundesligada noodatiy va noyob mavsum yakunlari. «Bavariya» hatto ikkinchi bo‘lolmadi

01:31 / 16.06.2023
Futbol va iqtisodiyot: Yevropa futboli pandemiya oqibatlarini yengib o‘tdi va o‘sishga qaytdi

14:39 / 08.04.2023
Angliyada chempionlik taqdiriga ta’sir qiluvchi to‘qnashuv, A Seriya va Bundesligada YeChL yo‘llanmasi uchun kurash. Hafta o‘yinlari anonsi

15:36 / 09.04.2022