Rentgen hindning tanasida 75 ta igna borligini ko‘rsatdi

Foto: dailymail.co.uk
Hindistonda bir erkak shifoxonaga oyog‘i barmog‘idagi og‘riq bilan shikoyat qilgan. Shifokorlar erkakka oyog‘ini operatsiya qilishni taklif qilishgan va uni rentgen qilishgan. Rentgen natijalari esa ko‘pni ko‘rgan shifokorlarni ham hayratlantirdi: aniqlanishicha, bemorning organizmida 75 ta igna bor bo‘lgan. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Ignalar bemorning qo‘l-oyoqlari, bo‘yin sohalarida bo‘lgan.
Erkak bu ignalar uning organizmiga qanday tushib qolganini bilmasligini aytgan. biroq shifokorlar bu ataylab qilinganini taxmin qilishmoqda. Ta'kidlanishicha, erkak mahalliy temir yo‘l kompaniyasida ishlaydi. Hozir u shifoxonaga yotqazilgan va shifokorlar kuzatuvi ostida qolmoqda.


Mavzuga oid

18:05 / 16.11.2021
Tanasidan ignalar topilgan bolakayning bugungi holati qanday?

01:00 / 18.11.2018
Tanasidan 16 dona igna topilgan chaqaloqning bugungi holati qanday?

13:19 / 08.04.2018
Tanasidan 16 dona igna topilgan bola bo‘yicha jinoyat ishi yopildi

20:48 / 30.05.2017