IIV rahbari: Kelajakda pasport tizimini isloh qilish orqali butunlay boshqa tizimga o‘tiladi

O‘zbekiston 13:24 / 02.05.2017 22284

Ichki ishlar organlari faoliyati ustidan kelayotgan ariza va murojaatlarning qariyb 40 foizi pasport tizimi bilan bog‘liq. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov Toshkent shahrida Xalqaro press-klub tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham ushbu masala keng yoritilgan. Kelajakda aynan pasport tizimini isloh qilish orqali butunlay boshqa tizimga o‘tish ham ko‘zda tutilgan.

Vazirning ta'kidlashicha, bularning hammasi mablag‘ va vaqt talab qiladi. Aytilishicha, Strategiyada ko‘rsatilgan barcha vazifalar bajariladi, shu jumladan, pasport sohasidagi masalalar ham.

 

 

Ko‘proq yangiliklar: