Suvni tozalashning oddiy va samarali 6 usuli

Light 23:31 / 01.05.2017 52504

Suvsiz uzoqqa borib bo‘lmaydi — shaharda ham, yovvoyi tabiat qo‘ynida ham. Agar birinchi holatda, eng yaqin do‘konga bir kirib chiqish bilan chanqoq qondirilsa, ikkinchisida vaziyat ancha murakkabroq. Albatta, cho‘lda bo‘lmasangiz suv baribir topiladi. Lekin duch kelgan suvni ichib bo‘ladimi?

Ichib bo‘lmaydi. Hech qursa, suvni tashqi aralashmalardan tozalamasdan turib ichish yaramaydi. Albatta, dala sharoitlarida kimyoviy zararlangan suvni tozalab bo‘lmaydi, lekin shubhali jilg‘a yoki ariqdan jildirab oqib kelayotgan suvdan olib, uni tozalab, iste'molga yaroqli holatga keltirish mumkin. Bugun sizga suvni tozalashning oltita oddiy yo‘lini hikoya qilamiz, ularning har biri yosh bolaning ham qo‘lidan keladi.

Qaynatish

Foto: geoinformatics.uz

Bu — suvni tozalashning eng oddiy va sinalgan usuli, faqatgina yoningizda gugurt va o‘tin bo‘lsa bas. Shubhali suvni yarim soat qaynatish kerak. Shu muddatda suv zararlardan xalos bo‘ladi.

Tosh

Foto: geoinformatics.uz

Agar yoningizda olovga bardosh bera oluvchi birorta idish bo‘masa, gulxanda toshlarni (40–60 daqiqa) qizdirib, uni suv to‘latilgan idishga soling. 

Yod

Foto: geoinformatics.uz

Agar tabiat bo‘ylab sayohatga oldindan tayyorlangan bo‘lsangiz, albatta, yoningizda yaralarning gazak olishiga qarshi preparatlar bo‘lishi kerak. Yod tabletkalari ham suvni tozalab bera oladi — bu holda suvning ta'mi juda bemaza bo‘ladi, lekin unutmang, tanlaydigan sharoitda emassiz.

Filtr

Foto: geoinformatics.uz

O‘zingiz bilan suvni tozalovchi filtr olib yuradigan darajada ehtiyotkor emassiz, bilamiz. Lekin idish bo‘lsa uni o‘zingiz, har qanday sharoitda yasashingiz mumkin. Oddiy plastik shisha ham ideal idish hisoblanadi. Uning tubida bir necha teshik hosil qiling, keyin  idishning ichiga bir necha qavat qilib buklangan mato joylashtiring. Ustidan bir qatlam qum yoki tuproq joylashtirib, ustidan boyagi iflos suvni quying. Suvni bir necha bor shu yo‘sinda tozalab oling. Agar imkoni bo‘lsa, qo‘lbola filtrning eng pastki qatlamini ko‘mirdan tayyorlash kerak. 

O‘z qo‘lingiz bilan

Foto: geoinformatics.uz

Yo‘q, yo‘q, qo‘lingizda hovuchlab tozalang demoqchimasmiz. Agar suvi ko‘zingizga juda iflos bo‘lib ko‘ringan havzaga duch kelsangiz, uni zararli narsalarni loy filtrdan foydalanib suvini tozalash mumkin. Asosiy suv manbai yonidan hovuzcha qazib, uning to‘lishini kuting, keyin yonida yana qazing. Keyin yana. Xullas, so‘nggisida suvning rangi tiniq va toza bo‘lgunga qadar hovuzcha qazib boravering. 

Tuz

Foto: geoinformatics.uz

Bu suvni tozalashning juda oddiy, lekin so‘nggi chorasi. Tuz xavfli infeksiyalarni o‘ldirmaydi, lekin suvni biroz tozalab beradi. Agar sizda boshqa hech qanday variant bo‘lmasa — kamida shunisidan foydalaning. Yuz gramm tuz bir yarim-ikki litr suvga yetadi: faqat ichish oldidan superichimligingizni yaxshilab aralashtirib, yarim soatcha tinishiga yo‘l qo‘yib bering.

Ko‘proq yangiliklar: