Yangilangan Samsung Galaxy Note 7 qachondan sotila boshlanishi aytildi

Foto: AFP
Yangilangan Samsung Galaxy Note 7 iyundan boshlab sotila boshlanadi. ET News’ning yozishicha, 300 ming smartfondan iborat birinchi partiya Koreyada uch telekom-operatorlar tomonidan sotuvga chiqariladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, aniq narxlar hozircha muhokama qilinmoqda, biroq, ko‘p ehtimol bilan Samsung Galaxy Note 7 R taxminan 620 AQSh dollari atrofida turadi. Bu esa fabletning o‘tgan yilgi narxidan 266 dollarga arzonroq degani.
Avval xabar qilinganidek, smartfonlar hajmi 3200 mAs bo‘lgan yangi akkumulyator batareyasi bilan jihozlanadi. Aynan ular Note 7’da o‘t chiqishi va portlashlarga sabab bo‘lgan.
"Mahsulot haqida ma'lumot, jumladan, uning nomi, texnik xususiyatlari va narxi qurilma to‘la tayyor bo‘lgach ma'lum qilinadi", - deya ma'lum qilishgan Samsung Electronics’da.
Mavzuga oid

21:15 / 03.03.2025
Samsung o‘rta budjetli A56, A36 va A26 smartfonlarini taqdim qildi

20:04 / 14.02.2025
Samsung uchga buklanadigan smartfonni yozda chiqaradi

16:38 / 23.01.2025
Samsung o‘zining eng yupqa smartfonini taqdim etdi

16:16 / 21.01.2025