Messi nomidagi «El-Klasiko». «Barselona» peshqadamlikka qaytdi

Sport 02:04 / 24.04.2017 31804

Ispaniya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv Madridda bo‘lib o‘tdi. Unda «Real» «Barselona»ni qabul qildi.

Uchrashuvning 28-daqiqasida Kazemiro madridliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 5 daqiqa o‘tib Lionel Messi hisobni tenglashtirdi.


Ikkinchi bo‘limda Ivan Rakitich jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Goldan to‘rt daqiqa o‘tib Serxio Ramos Messiga nisbatan ishlatgan qo‘pol harakati uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka bilan «siylandi». Ammo «Real» bir kishi kam bo‘lib qolganiga qaramasdan, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Zaxiradan maydonga tushgan Xames Rodriges Ter Shtegen darvozasini ishg‘ol qildi. Ammo bu yakun emasdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Lionel Messi yana bir gol kiritib, «Barselona»dagi 500-golini va uchrashuvdagi jamoasining g‘alabasini nishonladi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Barselona» turnir jadvalida yana peshqadam bo‘lib oldi. Jamoa «Real» bilan bir xil ochko to‘plab turibdi. Biroq madridliklarda bitta zaxira o‘yini mavjud.

Ispaniya La-ligasi, 33-tur
Real Madrid – Barselona 2:3 (1:1)

Gollar: Kazemiro (28), Xames (85) – Messi (33, 90+2), Rakitich (73).
Real Madrid: Navas, Karvaxal, Nacho, Marselo, Ramos, Kroos, Modrich, Kazemiro (Kovachich, 70), Beyl (Asensio, 39), Benzema (Xames, 82), Ronaldu.
Barselona: ter Stegen, Pike, Umtiti, Alba, Serji Roberto, Buskets, Rakitich, Inesta, Pako Alkaser (Andre Gomesh, 70), Suares, Messi.
Ogohlantirishlar: Kazemiro (12), Umtiti (39), Kovachich (81), Messi (90).
Chetlatish: Ramos (77).

Ko‘proq yangiliklar: