Moskva-Farg‘ona samolyoti Samarada favqulodda qo‘ndi

Jahon 12:34 / 19.04.2017 16297

19 aprel, chorshanba kuni Moskva-Farg‘ona samolyoti soat 8:30da Samarada favqulodda qo‘ndi. Homilador bo‘lgan yo‘lovchilardan birida to‘lg‘oq tuta boshlagan, deb xabar berdi Kuybishev transport prokurori yordamchisi Maksim Voroshilov.

37 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayolda parvoz vaqtida to‘lg‘oq tuta boshlagan. Havo kemasi qo‘mondoni Samarada favqulodda qo‘nish haqida qaror qabul qildi. Aeroportga tez yordam mashinasi yetib borgan. Ayol shifoxonaga olib ketildi.

Aytishicha, samolyot ro‘y bergan hodisadan so‘ng Farg‘onaga uchib ketgan.

Ko‘proq yangiliklar: