Tarmoqda Skoda’ning kontseptual kupesifat yo‘ltanlamasi - Vision E rasmiy fotosuratlari paydo bo‘ldi. Avtomobil keng ommaga ushbu haftada Shanhaydagi avtosalonda namoyish etiladi.
Nusxa uzunligi 4645 millimetr bo‘lib, eni – 1917, balandligi esa - 1550 millimetrga teng. G‘ildirak bazasi hajmi esa 2850 millimetrni tashkil etadi. Mashina dizaynining eng yorqin jihatlaridan biri – bu takrorlanmas nurdiodli asosiy chiroq faralari bo‘lib, u Volkswagen konsernining MEB modulli negizida yaratilgan hamda elektromobillar uchun maxsus ishlab chiqildi.
Autohome saytining yozishicha, kupesifat yo‘ltanlamas «folksvagenli» modul negizida qurilgan. Yangilik elektr kuch qurilmasi bilan jihozlangan bo‘lib, umumiy quvvati 306 ot kuchini tashkil etadigan ikkita elektromotordan iborat. Mashinaning maksimal tezligi – soatiga 180 kilometr, yurish masofasi zaxirasi – 500 kilometr.
Salonda beshta ekran, smartfonlar uchun bir necha simsiz quvvatlantirish qurilmasi va avtomobil eshiklari ochilganda 20 darajaga qayriluvchi o‘rindiqlar bor. O‘rindiqlar eshiklar yopilganda o‘zining odatiy holatiga qaytadi. Bundan tashqari, nusxa avtonom boshqaruv tizimiga ega bo‘lib, u harakat polosasini o‘zgartirishi va avtomobilni tirbandlikda boshqarishi mumkin.
Skoda Vision E seriyali ishlab chiqarilishi bilan bog‘liq masala hozircha noma'lum. Avvalroq kompaniyada markaning birinchi elektrokari 2020 yoki 2021 yilda paydo bo‘lishi ma'lum qilingandi.