Dunyodagi eng xavfsiz mamlakat aniqlandi

Jamiyat 10:16 / 14.04.2017 52690

Jahon iqtisodiy forumi (JIF) mutaxassislari dunyodagi eng xavfsiz davlatlar reytingini taqdim etishdi.

136 davlatdan iborat ro‘yxatda Finlyandiya yetakchilik qilmoqda, u o‘tgan yili ham birinchi o‘rinni egallagandi. Ikkinchi o‘rin Birlashgan Arab Amirliklariga berilgan bo‘lsa, kuchli uchlikka Islandiya yakun yasadi.

Reytingning ilk o‘nligiga shuningdek Ummon, Hongkong, Singapur, Norvegiya, Shveytsariya, Ruanda va Qatar ham kiritildi. 

Qardosh xalqlar orasida Ozarboyjon - 35, Tojikiston - 49, Qozog‘iston - 58, Qirg‘iziston - 98-o‘rinlarni egallashgan. 

Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasi reytingning 109-o‘rnida qayd etilgan bo‘lsa, Ukraina - 127-pog‘onada. So‘nggi vaqtlarda ko‘plab ziddiyatlar kuzatilayotgan Turkiya dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari ro‘yxatining 116-o‘rnida. 

Ta'kidlash joizki, reytingda O‘zbekiston va Turkmaniston nomlari qayd etilmagan. 

Ro‘yxat davlat hududidagi qurolli mojarolar, jinoyatchilik darajasi va terrorchilik tahdidi kabi omillar asosida tuzilgan.

13 aprel, payshanba kuni JIF Kolumbiyani dunyoning eng xavfli mamlakati deya e'tirof etdi. Keyingi o‘rinlarda - Yaman va Salvador. Shuningdek Ukraina ham bu ro‘yxatga kiritilgan.

Ko‘proq yangiliklar: