Cadillac Tesla raqobatchisini namoyish etdi
General Motors kompaniyasi Cadillac CT6 modelini namoyish etdi. U 2017 yilning kuzida chiqariladi va GM’ning Super Cruise funksiyasiga ega birinchi avtomobiliga aylanadi. Ishlab chiqaruvchiga ko‘ra, bu haydovchiga yo‘lda harakatlanganda rulni qo‘yib yuborish imkonini beruvchi ilk transport vositasi bo‘ladi.
Tesla kompaniyasining Autopilot’i qo‘llar doimo rulda bo‘lishini talab qilsa, yangi Cadillac’da yo‘lga qarashning o‘zi yetarli bo‘ladi. Infraqizil kamera haydovchi boshining holatini kuzatib turadi. Agarda qurilma haydovchi e'tiborini yo‘qotgan, deb hisoblasa, tovush va nur signallarini ishga tushiradi. Xavf paydo bo‘lganda esa avtomobil avtomatik ravishda to‘xtaydi.
Biroq Super Cruise funksiyasidan alohida avtoyo‘llarda foydalanishga ruxsat beriladi. Bu yo‘nalish bo‘yicha Tesla yetakchilik qilmoqda, unda Autopilot ancha ko‘proq holatlarda faollashtirilishi mumkin.
Super Cruise uchun qo‘shimcha tarzda 2,5 ming dollar to‘lash talab etiladi. Cadillac CT6’ning o‘zi esa kamida 66 290 dollarga tushadi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Xalqaro kosmik stansiyani moliyalashtirishni qisqartiradi
Jahon | 23:59 / 03.05.2025
-
Gibrid elektromobillarni olib kirishda ekologik sertifikat olish talabi qo‘yildi
Iqtisodiyot | 23:20 / 03.05.2025
-
Energetikada yangi narxlar, xususiy OTMga talablar va urushga yollangan o‘zbeklar - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:51 / 03.05.2025
-
Shvetsiya migrantlarga vataniga qaytishi uchun 32 ming yevro to‘laydi
Jahon | 22:46 / 03.05.2025
Mavzuga oid

18:27 / 01.05.2025
WSJ: Tesla Ilon Maskning o‘rniga yangi bosh direktor izlamoqda

10:32 / 23.04.2025
Mask Tesla savdolari pasaygani tufayli DOGE'dagi faoliyatini qisqartiradi

15:58 / 18.04.2025
Toshkentda erkak o‘zaro kelishmovchilik ortidan tanishining Teslaʼsini yoqib yubordi

21:00 / 17.04.2025