“O‘zRTXB” AJ www.uzex.uz – maxsus axborot portalini yangilangan nashrini sinov tartibida ishga tushirdi. Bu haqda "O‘zRTXB" matbuot xizmati xabar berdi.
Portalni modernizatsiyalashdan ko‘zlangan maqsad “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi doirasida birja ma'lumotlaridan foydalanishni yengillashtirish, elektron savdolar ochiq-oydinligi oshirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashdan iborat bo‘ldi.
Veb-saytning yangi dizayni negizini foydalanish uchun qulaylik, korporativ uslub, yangi funksiyalar va elektron tijorat sohasidagi so‘nggi trendlar egaladi. Portalning yangi vositalari eng ko‘p foydalaniladigan resurslar va birjaning asosiy ko‘rsatkichlar ko‘rinishini maksimal darajada soddalashtirishdi. Xususan, yangi axborot bannerlar, birja narxlarining interaktiv grafiklari, savdo platformalarning yangi gistogrammasi, birjaning hududiy filiallarining interaktiv xaritasi joriy etildi. Portalning bosh sahifasi orqali birjaning savdo seksiyalari va interaktiv xizmalariga o‘tish, birja tovarlari uchun grafik asosida tahlilarni o‘tkazish, yangiliklar va so‘nggi o‘zgarishlar bilan tanishib chiqish mumkin.
Yangi hisoblash usulida o‘zgartirilgan UZEX indeksining yangi servisi alohida e'tiborga loyiq. Portalning yangi nashrida 6 ta UZEX indekslari mavjud bo‘lib, ular o‘z ichiga yoqilg‘i, qora metall, rangli metaal, kimyo va neft kimyo sanoatlari, hamda qurilish mollari va qayta ishlab chiqarish sohalarini qamrab olgan. Mazkur funksiya “O‘zRTXB” AJ tovar bozorlarining ma'lum segmenti kon'yunkturasidagi o‘zgarishlarni kuzatib borish imkonini beradi.
Aktsiyadorlar va investorlar uchun mo‘ljallangan ma'lumotlar portalning yangi sahifasi “Korporativ boshqaruv” bo‘limiga o‘tkazildi. Bundan tashqari portalning fotogalereya, videomateriallar, muloqot uchun, shaxsiy kabinet, savol-javoblar, ijtimoiy so‘rov, foydali havolalar va qidirish funksiyasi optimallashtirildi.