Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatining uchta shahri aholisi uch kunga gaz ta'minotisiz qolib ketdi

Chirchiq, Qibray va G‘azalkentning bir qism aholisi magistral gaz quvuridagi jiddiy avariya tufayli uch kunga gazsiz qolib ketdi.
8 aprelda Qibray yaqinidagi magistral gaz quvurida avariya yuz bergan. Shu sababli Toshkent viloyatining uchta shahri gaz ta'minotisiz qoldi. Bu haqdagi ma'lumotni "O‘ztransgaz" AKdagi manba tasdiqlagan.
"Bugun uchinchi kun gazsiz o‘tiribmiz. Kecha non topish muammo bo‘lib qoldi, chunki nonvoyxonalar gazda ishlaydi, gaz esa yo‘q", deb aytdi Chirchiq aholisi.
"Toshkentgaz ta'minoti" UKda ma'lum qilinishicha, mutaxassislar avariyani bartaraf etib, shikastlangan qismni tiklashgan. Gaz Qibray va G‘azalkentga to‘liq yetib borgan, Chirchiqda esa gaz ko‘p qavatli binolarga berilmoqda.
"Kecha Chirchiqning 60 foizi gaz bilan ta'minlangandi. Bugun mutaxassislar ko‘p qavatli uylarda gazni berish bilan shug‘ullanmoqdalar. Bunday uylardan shaharda 900 taga yaqin bor. Chirchiqda gaz ta'minotining to‘liq tiklanishi ertangi kunga kutilmoqda", deb aytdi "Toshkentgaz ta'minoti"ning ekspluatatsiya bo‘limi boshlig‘i Alisher Mirsalikov.
Uning aytishicha, favqulodda vaziyatlarning oldini olish uchun ko‘p qavatli binolarga gaz berish butun tizimning sinchkov tekshirilishini talab qiladi, shu sababli bu jarayon bir necha kun olishi mumkin. Avariyaning sabablari ma'lum qilinmagan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Paynet: O‘zbekistonda fintex sohasini tubdan o‘zgartirishga qaratilgan 5 yangi xizmat
O‘zbekiston | 17:00
-
Tailand va Kambodja o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi
Jahon | 16:57
-
“Iqtisodni xalq salomatligidan ustun qo‘yishmasin” – zaharlanayotgan navoiyliklar haqida suhbat
Jamiyat | 16:21
-
Hafta davomida harorat o‘zgarishsiz qolishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:15
Mavzuga oid

23:20 / 09.06.2025
Qibray tumanidagi ko‘priklardan birida avtomobil harakati to‘liq cheklandi

19:20 / 25.04.2025
Qibrayda ichimlik suvi quvuri ustidan ariq tortilmoqda

19:51 / 02.04.2025
Chirchiqda janjal oqibatida bir kishi vafot etdi

13:40 / 28.03.2025