AQSh reysi yo‘lovchisiga nisbatan kuch ishlatildi

United Airlines aviakompaniyasi (AQSh)ning Chikago-Luisvill reysida o‘tirish joylarining yetishmasligi sabab yo‘lovchini majburlab joyidan qo‘zg‘atishdi. Uni salondan chiqarib yuborish davomida tasodifan jarohat yetkazildi, yo‘lovchi hushini yo‘qotganidan keyin salondan olib chiqib ketildi. TJ'da shu haqida xabar berildi.
Salondagi ba'zi yo‘lovchilar voqeani videoga olishdi. Ularning aksariyati politsiyachilarning usullariga salbiy munosabat bildirgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchi o‘zini shifokor deb tanishtirgan va shu reysda uyga qatishi zarurligini ta'kidlagan. Shifokor politsiya va bort kuzatuvchilariga tongda gospitaldagi bemorlarni ko‘zdan kechirishi kerakligini tushuntirishga uringan.
United Airlines vakillari 3411-sonli Chikago-Luisvill reysidagi overbuking faktini tasdiqlashdi. Tashuvchi dastlab bort kuzatuvchilari yo‘lovchilarni o‘z xohishiga ko‘ra reysni tark etishni so‘rashganini ta'kidladi.
"Mijozlardan biri rad javobini berganidan so‘ng huquq-tartibot organlari undan chiqish yo‘liga o‘tishni so‘ragan. Biz overbuking bilan bog‘liq vaziyat uchun uzr so‘raymiz".
United Airlines
Manbada ta'kidlanishicha, aviakompaniya bir yo‘lovchini samolyot to‘lganidan ogohlantirgan va keyingi reysga chipta, 400 dollar va mehmonxonada bir kunni o‘tkazish uchun vaucher taklif qilgan. U rozi bo‘lgan.
Biroq bortda zahiradagi xodimlar uchun yana to‘rt joy kerakligi ma'lum bo‘lgan. Ko‘ngilli-yo‘lovchilarga 800 dollar taklif qilishgan, biroq hech kim bu taklifga rozi bo‘lmagan.
Shundan so‘ng aviakompaniya xodimlari bort kompyuteridan foydalanib, omadsiz yo‘lovchilarni tasodif usulida aniqlashgan. Shifokor-yo‘lovchi bilan bog‘liq mojaro chiqishidan oldin bir oilaviy juftlik o‘z xohishi bilan reysni tark etgan. Kuch ishlatib chiqarib yuborilgan kishi esa yana bortga qaytgan, shu bois reysni kechiktirishga to‘g‘ri kelgan.
Overbuking tajribasi aviakompaniya qo‘shimcha daromad va samolyotlarni to‘ldirish maqsadida bortdagi kreslolardan ko‘p chipta sotishni ko‘zda tutadi. Havo kemasi to‘lgan bo‘lsa-da, yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish davom etaveradi. Natijada aviakompaniyalarning ba'zi yo‘lovchilari reyslarni qo‘yib yuborishiga to‘g‘ri keladi. Ko‘pincha yo‘lovchilarga keyingi reysga chipta beriladi va zarur xarajatlar qoplanadi.
Mavzuga oid

12:15 / 02.02.2025
2024 yilda havo transporti va temiryo‘l orqali jo‘natilgan yo‘lovchilar soni ma’lum qilindi

12:24 / 26.01.2025
2024 yilda Toshkent metrosida qancha yo‘lovchi tashilgani ma’lum qilindi

16:07 / 16.01.2025
O‘zbekiston aeroportlari 2024 yilda 13,5 mlndan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi

11:51 / 06.01.2025